18:01 / 24.04.2021
2434

Navoiyda 3,5 gektar yerni 56 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Navoiy viloyati Nurota tumanida 3,5 ga yer maydonini 56 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.N. Nurota tumani, Nurliboy qishlog‘i hududida joylashgan 3,5 gektar yer maydonini sotayotganda ushlangan.

U dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 10 nafar fuqaroga ajratilgan 3,5 gektar yer maydoni go‘yoki bojasi S.ga tegishli ekanligiga ishontirib, ushbu yerni fuqaro A.ga sotishga kelishib, undan 56 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro B.N.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top