18:12 / 24.04.2021
2083

Qoraqalpog‘istonda bir kunda ikkita tuman hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Qonliko‘l tumani hokiming qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Amangeldi Seyilxanov tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi. 

Amangeldi Seyilxanov

Seyilxanov tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Agrosanoat kompleksi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Taxtako‘pir tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida esa Murat Qazaqbayev ish boshladi.

Murat Qazaqbayev

Qazaqbayev tayinlovga qadar «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi kapital qurilish va ta'mirlash departamentining qurilishni nazorat qilish muhandisi lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid
Top