08:22 / 24.04.2021
821
 Qoraqalpoq davlat universitetining ayrim fakultetlarida o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda

Qoraqalpoq davlat universitetining ikkita fakultetida o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazildi. Dastlab mahalliy nashrlarning biri universitetning Yuridik fakulteti talabalari orasida koronavirus aniqlangani haqida yozdi. Fakultetda o‘qish 24 apreldan 8 mayga qadar to‘liq onlayn shaklga o‘tkazilgan. 

Keyinchalik Kun.uz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, OTMdagi yana bir fakultet, San'atshunoslik fakultetida ham o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilgan. Hozircha o‘quv muassasasida nechta talaba koronavirusga chalingani haqida ma'lumot berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, 22 aprel kuni O‘zbekistonda 345 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 5 nafar fuqaroda koronavirus kasalligi aniqlangandi. Hozirga kelib, koronavirusga chalingan bemorlar soni 994 ta yetgan. Ularning 953 tasi sog‘aygan.

Top