09:55 / 24.04.2021
5293
Xalq ta'limi vazirligi masofaviy ta'limga o‘tgan maktablar haqida ma'lumot berdi

O‘zbekistonda 243ta maktab o‘quvchilari masofaviy ta'lim shaklida o‘qishni davom ettirmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

23 aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 243ta maktabda o‘quvchilar orasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlangani tufayli ta'lim olish to‘liq onlayn ta'limga o‘tkazilgan. 29ta maktabda faqat kasallik aniqlangan o‘quvchi o‘qiydigan sinflar karantinga yopilib, o‘quvchilar onlayn ta'lim olmoqda.

“Bu raqamlar Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlarining talabnomalaridan kelib chiqib o‘zgarib boradi. Onlayn ta'lim olayotgan maktab o‘quvchilari uchun Milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda “Onlayn maktab” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, onlayn maktab darslarini Uzeduonlinemaktab telegram kanali orqali ham qayta ko‘rish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq onlayn ta'limga o‘tgan maktablar soni 163tani tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top