06:57 / 25.04.2021
3946

Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi emlashlar soni bir milliarddan oshdi

Amalga oshirilgan barcha emlashlarning 58 foizi AQSh, Xitoy va Hindistonga to‘g‘ri keladi.

Foto: Reuters

Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi emlashlar soni bir milliarddan oshdi, deb xabar bermoqda AFP agentligi.

Agentlikning yozishicha, emlash 207 mamlakatda amalga oshirilmoqda. Jami emlashlar soni 1 mlrd 2 mln 938 ming 540taga yetgan.

Amalga oshirilgan barcha emlashlarning 58 foizi AQSh, Xitoy va Hindistonga to‘g‘ri keladi.

Pandemiya boshlangandan buyon 145 milliondan ortiq inson koronavirus yuqtirgan, qariyb 3,1 million bemor vafot etgan.

Top