19:53 / 25.04.2021
5505

Eronda koronavirusga qarshi mahalliy vaksina ommaviy ishlab chiqarilishi boshlandi

Eronda koronavirusga qarshi mahalliy vaksina - COVIRAN ommaviy ishlab chiqarilishi boshlandi. Bu haqda «Anadolu» axborot agentligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, hozirda vaksinaning 3-bosqich sinovlari borayotganiga qaramay, u ko‘ngillilarga kiritila boshlandi. 

Koronavirus bo‘yicha ilmiy kengash rahbari Muhammad Muxbirning ta'kidlashicha, sentyabrgacha ushbu vaksinadan umumiy hisobda 30 mln doza, jumladan, may oyida 1 mln, iyunda 3,5 mln, iyulda 12 mln va avgustda 15 mln doza ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 

Eron o‘z vaksinasini odamda ilk bor 2020 yil 29 dekabrda sinovdan o‘tkazgan. Unga ko‘ra, vaksina yaxshi natijalar ko‘rsatgani e'lon qilingan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top