10:25 / 25.04.2021
3367

Surxondaryoda belgilangan tezlik me'yorini buzib harakatlangan haydovchi otasining o‘limiga sabab bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida belgilangan tezlik me'yorlarini buzib harakatlangan «Nexia-2» haydovchisi yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Oqibatda uning yonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan otasi og‘ir tan jarohatlari olib, tuman shifoxonasida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 24 aprel kuni soat 10:30 atrofida M39 Olmaota — Toshkent — Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan o‘tuvchi 1412-kilometrida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 31 yoshli haydovchi boshqaruvidagi «Nexia-2» avtomashinasi yo‘l chetidagi himoya beton to‘siqqa borib urilgan. Natijada, mashinaning old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan haydovchining otasi og‘ir tan jarohatlari olib, tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tez tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan mazkur yo‘l-transport hodisasining sabablari o‘rganilganda, haydovchi belgilangan me'yordan tez harakatlangani va boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilgani aniqlangan.

Top