18:14 / 26.04.2021
7894
O‘zbekistonda qancha bog‘cha tarbiyachisi va tarbiyalanuvchisi koronavirus yuqtirib olgani haqida ma'lumot berildi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva vazirlik tizimidagi tashkilotlarda koronavirus kasalligiga chalingan tarbiyachi va bolalar haqida ma'lumot berdi.

2021 yil 25 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan xodimlar soni 36 nafarga yetgan.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar orasida 42 ta tarbiyalanuvchida kasallanish alomatlari aniqlangan, 11ta MTT 14 kunlik onlayn rejimida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Toshkent shahrida 25 nafar tarbiyalanuvchi va 28 xodim davolanmoqda. Toshkent shahridagi MTTlardan 8tasi 14 kunlik onlayn rejimiga o‘tgan.

Toshkent viloyatida 9 nafar tarbiyalanuvchi, 9 nafar xodim davolanmoqda. 4 ta MTT 14 kunlik onlayn rejimda ishlamoqda.

Samarqand shahrida 4 nafar tarbiyalanuvchi va 2 nafar tarbiyachida koronavirus aniqlangan. 

Ma'lumot uchun, 27 apreldan boshlab Samarqand shahridagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 14 kunlik karantin joriy etilgandi.

Sirdaryo viloyatining 4 nafar tarbiyalanuvchisida kasallik alomatlari aniqlangan bo‘lib, to‘rtala holat ham Guliston shahrida kuzatilgan.

Surxondaryo viloyatida 3 nafar, Namangan viloyatida 1 nafar tarbiyalanuvchida kasallanish alomatlari aniqlangan.

Shuningdek, Navoiy viloyatida 2 nafar MTM xodimida kasallik aniqlangan, bog‘cha 14 kunlik masofaviy ta'lim va tarbiya berish rejimga o‘tkazilgan.

Xorazm viloyati Xazorasp tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlaridan birida ham kasallik aniqlangan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top