16:36 / 26.04.2021
36702
«Bunga xafa bo‘lishimiz kerak emas». Qanot Sharq layneridagi «Uzbekistan» yozuvi nega pastda joylashganiga izoh berildi

Bugun, 26 aprel kuni Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasining ilk samolyoti Toshkentga olib kelindi.

Samolyotni kutib olishga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgan bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Qanot Sharq samolyotidagi «Uzbekistan» yozuvi nega pastda joylashganiga izoh berdi.

«Samolyot parvoz qilganda kompaniya nomida adashuv bo‘lmasligi kerak. Uning nomi yirik bo‘lib yozilishi kerak. Pastdagi yozuv esa bizning turistik brendimiz. Bu yerdan qanaqadir ma'no qidirish kerak emas. Shuningdek, xususiy kompaniyalar ochilayotganda [O‘zbekiston so‘zini yozishlari] majburiy emas. Bundan tashqari, xalqaro standartlar bor, yuqorida aviakompaniya nomi bo‘lishi kerak, agar biz «Uzbekistan»ni yuqoriga olib qo‘ysak, bu samolyot O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli ekan deb o‘ylaydi. Buni xavfsizlik va shu kabi boshqa taraflari ham bor. Bu so‘zni boshqa qo‘yadigan joy ham yo‘q edi.

Biz bunga xafa bo‘lishimiz kerak emas. Xursand bo‘lishimiz kerak bo‘lgani, asosiysi [xususiy samolyotda] ilk bor aviaparvoz qilindi. Bu yozuv ham reklama sifatida xizmat qiladi», deya Aziz Abduhakimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga doir:

Top