16:45 / 26.04.2021
4514
Kreml Putin va Bayden o‘rtasidagi uchrashuv yoz faslida bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi

Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvning aniq sanasi va qayerda bo‘lib o‘tishi hozircha belgilanmagan.

Foto: Valeriy Sharifulin / TASS

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuvni yoz oylarida o‘tkazish rejalashtirilmoqda, deb ma'lum qildi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Haqiqatan, ma'lum takliflar aytildi, sanasini hozircha tasdiqlay olmayman. Hozircha sana bo‘yicha hech qanday kelishuv yo‘q. Gap yoz oylari haqida bormoqda, yakuniy kelishuvga erishish uchun yana ko‘plab omillarni tahlil qilish lozim", - dedi u.

U shuningdek, uchrashuv qaysi mamlakatda o‘tkazilishi ham hali noaniq ekanligini qo‘shimcha qildi.

Putin va Bayden 13 aprel kuni telefon orqali muloqot qilgandi.

Oq uy matbuot xizmatining bildirishicha, muloqot vaqtida Bayden "kelayotgan oylarda uchinchi mamlakatda"Rossiya-Amerika sammitini o‘tkazish taklifini ilgari surgan.

Top