23:57 / 26.04.2021
14916
Rossiya mudofaa vaziri Tojikistonga bordi

Sergey Shoygu Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Foto: RIA Novosti

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashish uchun ishchi tashrif bilan Tojikistonga bordi.

Xabar qilinishicha, Sergey Shoygu Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Avvalroq KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov Dushanbeda o‘tkaziladigan yig‘ilishda harbiy xavfsizlik, tahdidlarga qarshi turish va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilinishini aytgandi.

KXShTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a'zo hisoblanadi.

Top