18:45 / 26.04.2021
8765

Zelenskiy Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlash topshirig‘ini berdi

Avvalroq Zelenskiy Putinga «Donbassning istalgan yerida uchrashish»ni taklif qilgan, Putin esa Zelenskiy «istagan vaqtida» Moskvaga kelishi mumkinligini aytgandi.

Foto: EPA/REUTERS

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘z ofisi rahbari Andrey Yermakka topshiriq berdi.

"Hammasi uchrashuv bo‘ladigandek ketayotganga o‘xshayapti. Men Donbassda uchrashishni taklif qildim. Rossiya prezidenti uchrashish niyatini tasdiqladi. U Moskvada uchrashishni taklif qildi. Men prezident ofisi rahbari Andrey Yermakka prezident Putin ma'muriyati bilan bog‘lanish, o‘zaro anglashib, uchrashuv joyini belgilash topshirig‘ini berdim", - dedi Zelenskiy.

Avvalroq Zelenskiy Putinga «Donbassning istalgan yerida uchrashish»ni taklif qilgandi.

Putin Zelenskiy «istagan vaqtida» Moskvaga kelishi mumkinligini aytdi.

Mavzuga oid
Top