20:30 / 27.04.2021
20077
Aliyev Armanistonni oxirgi marta ogohlantirayotganini aytdi

Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon chegarachilarning Armaniston bilan chegaradagi Zangilon yo‘nalishida qilgan g‘alamisliklariga javob qaytarmadi va o‘zini bosdi.

Foto: Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev yaqinda chegarada sodir bo‘lgan voqea oxirgisi bo‘lishi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon chegarachilarning Armaniston bilan chegaradagi Zangilon yo‘nalishida qilgan g‘alamisliklariga javob qaytarmadi va o‘zini bosdi. U bu so‘nggi ogohlantirish ekanini aytdi.

Hodisa 21 aprel kuni sodir bo‘ldi. Ozarboyjon chegara xizmatining ma'lumot berishicha, Ozarboyjon-Armaniston chegarasi hududida otishma yuz bergan. Zangilon rayonidagi Sayidlar qishlog‘ida joylashgan davlat chegara xizmati va Rossiya FXX chegara xizmati bo‘linmalari o‘qqa tutilgan. Yerevan buni rad etgan.

Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi kelishmovchilik o‘tgan yil sentyabrda boshlangan va 10 noyabrgacha, Boku, Yerevan va Moskva o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olmaguniga qadar davom etgandi.

Top