10:17 / 27.04.2021
2436
O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 20 mingdan oshiq kishi emlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina qabul qilganlar soni 570 ming nafarga yaqinlashgani haqida xabar berdi.

«26 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab jami 21 405 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlandi. 

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 565 934 nafarga yetdi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida. 

26 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Qashqadaryo viloyati (2500 nafar),
  • Toshkent shahri (2497 nafar),
  • Samarqand viloyati (2351 nafar),
  • Toshkent viloyati (2117 nafar),
  • Farg‘ona viloyati (2038 nafar) band qildi. 

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 75517 nafar, 
  • Namangan viloyatida 60144 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 56405 nafar,
  • Andijon viloyatida 54297 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top