09:16 / 27.04.2021
4220

Qoraqalpog‘istondagi 4 ta maktab va 1 ta OTMda koronavirus aniqlandi

Nukus shahridagi «Progress» ta'lim va rivojlantirish maktabi va 34-, 15-sonli maktablarda ta'lim masofaviy shaklga o‘tkazilgan. Bunga ta'lim muassasalarida koronavirus aniqlangani aytilmoqda.

Shuningdek, Beruniy tumanidagi 1-, 54-umumta'lim maktablarida 24 aprel kuni yakuniy dezinfeksiya o‘tkazilgan. Ayni paytda ushbu maktablardagi ta'lim jarayoni ikki haftaga onlaynga o‘tkazildi, deb xabar bermoqda tuman tibbiyot birlashmasining matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, oldin Qoraqalpoq davlat universitetidagi ikkita fakultetda talabalari orasida koronavirus aniqlangani haqida yozgandik (https://kun.uz/24654576). Fakultetlarda o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilgan.

Mavzuga oid
Top