20:03 / 27.04.2021
9158

Saudiya Arabistonidagi shaharga portlovchi modda ortilgan qayiq bilan hujum qilindi

Saudiya Arabistonining Qizil dengiz bo‘yida joylashgan Yonbu al-Bahr port shahriga portlovchi modda bilan to‘ldirilgan qayiq yordamida hujum qilindi. Qayiq masofadan boshqarilgan.

Foto: RIA Novosti

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi vakili polkovnik Turki al-Malikiyning ta'kidlashicha, minalashtirilgan qayiq jangovar harakatlar olib borish qoidalariga ko‘ra yo‘q qilingan.

Ta'kidlanishicha, ushbu hujum mintaqada Eron va Isroil bir-birlarining kemalariga hujum qilayotgan hamda Yamandagi jangovar harakatlar davom etayotgan vaqtda sodir etildi.   

Biroq bungacha Saudiya Arabistoniga dronlar va ballistik raketalar yordamida ko‘plab hujumlarni amalga oshirgan yamanlik husiychilar Yonbu al-Bahrga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Top