23:00 / 27.04.2021
4588
Stoltenberg NATO davlatlari qaysi vaksinani sotib olishni o‘zlari hal qilishi kerakligini aytdi
Foto: AFP

NATOga a'zo davlatlar koronavirusga qarshi u yoki bu vaksinani xarid qilishni o‘zlari mustaqil hal qilishlari lozim. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyansga kiruvchi ba'zi davlatlar Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini sotib olishga qaror qilganiga shunday izoh berdi.

 «Ittifoqdoshlarimiz qanday vaksinani qo‘llashi kerakligini NATO tavsiya qilishi kerakmas. Bu ularning shaxsiy ishidir», deb ma'lum qilgan Stoltenberg jurnalistlarga. Uning aytishicha, ko‘plab davlatlarda katta ko‘lamli emlash kampaniyalari olib borilayotganiga qaramay, dunyoda hamon vaksinalarga ehtiyoj kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda «Sputnik V» vaksinasi umumiy aholisi 3 mlrddan ko‘proq odamni tashkil qiladigan 60ta davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ushbu vositani xarid qilish istagini NATOning bir qator davlatlari, jumladan, Vengriya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya va Chexiya bildirgan.

Top