13:38 / 27.04.2021
5447
Toshkent viloyatida 100ga yaqin ta'lim muassasasi karantinga olindi

Toshkent viloyati hududida 891ta umumiy o‘rta ta'lim maktabi mavjud bo‘lib, joriy yil 26 aprel kuni holatiga ko‘ra, 72ta umumta'lim maktabining 100 nafar o‘quvchi va 42 nafar o‘qituvchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 64ta maktab to‘liq, 8ta umumta'lim maktabi 11-sinflari onlayn ta'limga o‘tkazildi.

Viloyatda maktabgacha ta'lim tashkilotlari 514ta bo‘lib, 9ta MTTda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 7ta MTT to‘liq, 2ta guruh onlayn rejimga o‘tkazildi.

Shuningdek, Bo‘stonliq tumanidagi 1-, 2-sonli kasb-hunar maktablari, Chirchiq shahridagi Chirchiq tibbiyot texnikumi, ChDPI akademik litseyi, Chirchiq davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat Jismoniy tarbiya universiteti, 7-sonli musiqa va san'at maktabi, Olmaliq shahridagi «MiSIS», I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti filialidagi 1ta guruh hozirgi kunda ish faoliyatini onlayn rejimida olib bormoqda.

Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 26 aprel kuni viloyatda 55 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Top