11:19 / 27.04.2021
5451
Yoshlar bilan ishlashdagi kamchiliklar uchun ishdan olingan Qamashi prokurori o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yangi prokuror ish boshladi.

Bosh prokuror buyrug‘i bilan adliya maslahatchisi Bahriddin Bahodirov Qamashi tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. 

B.Bahodirov tayinlovga qadar, Qashqadaryo viloyati prokurorining xalqaro huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 13 aprel kuni yoshlar masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tumanning sobiq prokurori Husniddin Bobomurodov yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani uchun ishdan olingandi. Mazkur yig‘ilishda xuddi shu ayblov bilan Shofirkon tumani prokurori, Xiva hamda Chust tumani IIB boshliqlari ham lavozimdan ozod etilgan.

Bundan oldinroq Buxoro viloyatining Olot va Shofirkon tumanlariga yangi prokurorlar tayinlangani xabar qilingandi.

Top