21:12 / 28.04.2021
13344

Aziz Abduhakimov O‘zbekiston aeroportlari Chimkent va O‘sh aeroportlari bilan raqobatlashishi haqida gapirdi

Turizm va sport vazirligi 28 aprel kuni ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirdan so‘ng bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov jurnalistlarga intervyu berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Samarqandda yangi qurilayotgan aeroportni asosiy aeroportlardan biri bo‘ladi, deb ko‘zlab turibmiz. Uning qurilishiga xususiy investor kelib, o‘z mablag‘larini tikkan. U yerda yangi terminal tashkil etilyapti. Yiliga 1,5 mln., ehtiyojga qarab 2,5 mln. yo‘lovchiga xizmat qiloladi.

Nimaga bizda aeroportlarimizdan samarali foydalanilmayapti? Albatta, bu yo‘lovchilar uchun parvoz narxi yuqoriligi bilan bog‘liq. Yangi xususiy Qanot Sharq Airlines o‘z faoliyatini boshlasa, ko‘plab xalqaro aviakompaniyalar O‘zbekiston aviabozoriga kirib kelsa, raqobat paydo bo‘ladi. Tabiiyki, narxlar ham tushadi.

Qo‘shni davlatlardan misol keltirishimiz mumkin, Chimkent, O‘sh orqali juda katta yo‘lovchilar oqimi o‘tmoqda. Narxlar tushishi orqali u yerdagi oqimni Toshkent, Samarqand, Buxorodagi yirik aeroportlarimizga qaytarish imkoni paydo bo‘ladi», – dedi Abduhakimov.

Top