15:27 / 28.04.2021
6925
Bayden AQShdagi eng kam ish haqi miqdorini ikki baravarga oshirdi

Farmonga muvofiq, federal xizmatchilarning minimal ish haqi miqdori soatiga 15 dollargacha oshirildi.

Foto: AP

AQSh prezidenti Jo Bayden pandemiya sharoitida aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar berdi Deutsche Welle.

Farmonga muvofiq, federal xizmatchilarning minimal ish haqi miqdori soatiga 15 dollargacha – avvalgi miqdordan ikki baravardan ortiqroqqa oshirildi.

 Hujjatga ko‘ra, eng kam ish haqi miqdori keyingi yilning mart oyiga qadar hozirgi 10,95 dollardan qariyb 37 foizga oshiriladi va inflatsiyaga mos tarzda oshirib boriladi. Federal agentliklar 2022 yilning 30 yanvarigacha yangi shartnomalar uchun arizalarga maoshlar oshirilishini kiritishi kerak.

Ushbu farmon turli toifadagi federal xizmatchilar, farroshlar va xizmat ko‘rsatuvchilardan boshlab pudratchilar va choychaqa oladigan ishchilarni ham o‘z ichiga olgan umumiy ovqatlanish sohasi xodimlarigacha taalluqli.

Top