19:55 / 28.04.2021
7333

Borrel YeIni Rossiya bilan munosabatlar uzoq muddatga yomonlashishiga tayyor turishga chaqirdi

Borrelning fikricha, Moskva hozirda "qarama-qarshilikni kuchaytirishga urinmoqda".  

Yevropa ittifoqi Rossiya bilan murakkab munosabatlar uzoq davom etishini kutmoqda, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.

"Rossiya bilan munosabatlar uzoq muddatga yomonlashishiga tayyor bo‘lish lozim", - dedi u Yevroparlamentda qilgan chiqishida.

Borrelning qayd etishicha, "agar Rossiya astoydil xohish bildirsa, Bryussel bu munosabatlarni yaxshilashga tayyor". Ammo uning fikricha, Moskva hozirda "qarama-qarshilikni kuchaytirishga urinmoqda".  

U shuningdek, Rossiya bilan aloqa kanallarini ushlab turish kerakligini aytdi.

Borrelning fikricha, YeI va Rossiya Eron yadrosi muammosi, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash kabi muhim xalqaro mavzularda hamkorlik qilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top