10:52 / 28.04.2021
13326
Korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik ish haqi ma'lum qilindi
Foto: KUN.UZ

2021 yil yanvar–mart oylarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi, qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub'yektlaridan tashqari xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Statqo‘m xabariga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va sug‘urta iqtisodiy faoliyatida 6,4 mln so‘m yoki respublika ko‘rsatkichidan 2,2 barobar yuqori ekani, eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatida 2 mln so‘m yoki respublika o‘rtacha oylik ish haqidan 28,8 foizga kam ekani kuzatildi.

2021 yil yanvar-mart oylarida sanoat sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3,6 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yil mos davriga nisbatan 3,9 foizga o‘sgan.

Qurilish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 17,6 foizga o‘sgan.

Savdo sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2,8 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 13,7 foizga o‘sgan.

Tashish va saqlash sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3,7 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 10,2 foizga o‘sgan.

Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4,8 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 16,0 foizga o‘sgan.

Moliyaviy va sug‘urta faoliyati sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 6,4 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 14,9 foizga o‘sgan.

Ta'lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2,2 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 7,5 foizga o‘sgan.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yil mos davriga nisbatan 13,1 foizga o‘sgan.

Top