17:13 / 28.04.2021
2226

Namanganda 2 yoshli bola mashina tagida qolib ketib halok bo‘ldi

Namangan shahrida haydovchining e'tiborsizligi oqibatida 2 yoshli bola mashina tagida qolib ketib, voqea joyida halok bo‘lgan. 

Joriy yilning 25 aprel kuni soat 12:45 larda, Namangan shahrida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro «KIA BONGO III» rusumli avtomashinasini Yangiqo‘rg‘on tumanida yakka tartibdagi xususiy tadbirkor bo‘lib ishlovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoniga haydab kelgan. 

Haydovchi avtomashina yukxonasida bo‘lgan muzqaymoqlarni tushirib, qaytib ketish maqsadida, transport vositasini orqa tomonga harakatlantirgan vaqtida, uyning orqa tomonida bo‘lgan uy egasining 2 yoshli o‘g‘lini bosib yuborgan. Natijada bola voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq chuqur kovlash jarayonida xavfsizlik texnikasiga amal qilinmasligi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top