17:54 / 28.04.2021
24199

Nazarboyev o‘ziga umrbod berilgan lavozimdan voz kechdi

Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, “barcha masalalar bitta qo‘lda bo‘lishi lozim”.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti, Qozog‘iston xalq assambleyasi raisi Nursultan Nazarboyev assambleyaning umrbod raisligidan voz kechdi. U xalq assambleyasi raisi vakolatlarini mamlakatning amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirdi.

"Barcha masalalar bitta qo‘lda bo‘lishi lozim. Men Qozog‘iston xalq assambleyasini boshqarish huquqini Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirdim", - dedi Nazarboyev assambleyaning XXIX sessiyasida qilgan chiqishida.

Qozog‘iston xalq assambleyasi 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u davlat rahbari huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.

Assambleyaga tashkil etilganidan boshlab Nursulton Nazarboyev rahbarlik qilib kelgan.

Top