11:07 / 28.04.2021
20829
Samarqandda ikkita qishloq o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi, 15 kishi jarohat oldi
Foto: Tergov departamenti

2021 yilning 25 aprel kuni soat 19:00larda 51 yoshli Bahodir M. boshqaruvidagi “Lacetti” avtomashinasini Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani Rovot-Bog‘onali qishlog‘i yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib, Rovot qishlog‘ining ichki yo‘liga qayrilayotgan vaqtida orqa tomondan harakatlanib kelayotgan “Lacetti” avtomashinasi haydovchisi 22 yoshli Mirjalol A. va uning yo‘lovchilari, 36 yoshli Ural R., 24 yoshli Tal'at A., 18 yoshli Firdavs A. haydovchi Bahodir M.ga avtomashinani noto‘g‘ri boshqarib, ularning mashinasini qisib yuborganini aytgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ushbu to‘rt nafar fuqaro Bahodir M.ni haqorat qilgani oqibatida Rovot va Bog‘onali qishlog‘ida yashovchi jami 17 nafar fuqaro o‘rtasida janjal kelib chiqib, bir-birlarini urib do‘pposlaganlar.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu janjalda faol ishtirok etgan 17 nafar fuqarodan 15 nafari turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olgani, ulardan 3 nafari ayol kishi ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida ushbu janjalning kelib chiqish sabablari, ayblanuvchilar doirasi aniqlanib huquqiy baho berilishi ta'minlanadi. Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Top