10:52 / 29.04.2021
1260

Alimentni vaqtida to‘lamagan qo‘rg‘ontepalik ota 15 sutkaga qamaldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudida alimentni vaqtida to‘lamayotgan ota ishi ko‘rib chiqildi.
 
Sudning ijro hujjatiga asosan qarzdor Davetov hisobidan undiruvchi Malikova foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun oylik topgan daromadining 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Qarzdor Davetovning  alimentdan bo‘lgan qarzdorligini ixtiyoriy to‘lab qo‘yishi to‘g‘risida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minotini o‘z holiga tashlab qo‘yishi natijasida 10 438 832 so‘m miqdordagi qarzdorlik to‘planishiga olib keldi. 

Qarzdor Davetovning yuqoridagi g‘ayriqonuniy harakatlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudida ko‘rib chiqilib, unga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlashiga sabab bo‘ldi.

Avvalroq, Qo‘rg‘ontepada 14 nafar aliment to‘lamagan ota qamalgan edi.

Mavzuga oid
Top