03:23 / 29.04.2021
21629

Internet memlardagi mashhur kulgi sohibi Xuan Borxa vafot etdi

Internet olamida o‘zining mashhur kulgisi bilan tanilgan ispaniyalik Xuan Borxa 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozishdi. 5 aprel kuni 65 yoshga to‘lgan komik yurak kasalligidan vafot etgan.

Bir necha yil avval Xuan Borxa Canal Sur telekanaliga intervyu bergan va suhbat davomida sohilda ishlaganini eslab, g‘aroyib tarzda kuladi. Bu kulgi keyinchalik internet olamida juda mashhur bo‘lib ketadi. Uni minglab turda parodiya qilib chiqishadi. Intervyuning original ko‘rinishi ilk marta 2007 yil YouTube'da paydo bo‘lgandi.

Borxaning hayotida oxirgi yillarda qiyinchiliklar ko‘p bo‘lgan. 2020 yil uning oyog‘ini kesishadi. Internet foydalanuvchilari esa uning tibbiy qarzlarini to‘lash va nogironlik aravachasini sotib olishi uchun 14 ming yevro yig‘ishadi. 2021 yil internetda El Risitas nomi bilan mashhur bo‘lgan Xuan Borxa bu uchun odamlarga rahmat aytib, videomurojaat yo‘llagandi.

Mavzuga oid
Top