12:35 / 29.04.2021
26364
Kun.uz muxbirlarining Rossiyaga safari: taassurotlar

2019 yil noyabr-dekabr oylarida Kun.uz sayti xodimlari Rossiya Federatsiyasiga safar qildi. Safar davomida va undan keyin ham ko‘plab maqolalar, intervyular, Rossiyadagi mehnat migrantlari hayotidan lavhalar sayt o‘quvchilariga taqdim etildi.

Ammo pandemiya O‘zbekistonga ham kirib kelgach, safar taassurotlariga bag‘ishlangan yakuniy lavhani e'tiborlaringizga havola qilish mavridi bo‘lmadi.

Quyidagi videolavhada Rossiyaga safar qay tarzda o‘tgani, Moskvada o‘zbekistonliklar uchun kvartira topish qiyinligi, patent va registratsiya jarayonlarida biz duch kelgan holatlar, chegara postida ushlanib qolish va boshqa voqea-hodisalar haqida so‘z boradi.

Safarimiz davomida Rossiyaga boruvchi o‘zbeklarning aksari kun ko‘rayotgan turmush sharoitlarida yashab, voqelikka bevosita guvoh bo‘lishni maqsad qilgandik. Xizmat safaridan tayyorlangan maqola va intervyular bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Top