12:00 / 29.04.2021
12237

Qishki kiyimlarni issiq mavsumda qanday qilib to‘g‘ri saqlash kerak?

Foto: LG

Bahorda keyingi sovuq mavsum kelguniga qadar shkafga issiq kiyimlarni joylab qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Qishki kiyimlar iloji boricha ko‘proq sizga xizmat qilishi uchun qanday qilib to‘g‘ri saqlashni bilasizmi?

Yuvish, dog‘larni ketkazish va yaxshilab quritish.

Yuvish

Siz kamida olti oyga kiyimlaringizni olib qo‘yishni rejalashtiryapsiz, ya'ni ular iloji boricha toza bo‘lishi kerak. LG kompaniyasining Steam texnologiyasiga ega bo‘lgan yangi LG AI DD aqlli kir yuvish mashinalari sizga bunda yordam beradi. AI DD kir yuvish mashinalari gipoallergen sikl bilan jihozlangan bo‘lib, u allergiya va chang tarkibidagi hasharotlar (kleshch)ni 99,9 foizgacha tozalaydi. Bug‘ hatto chuqur kirlangan joylarni tozalab, standart namlanishga qaraganda ancha tezroq kirni parchalab, yuvish jarayonini samaraliroq qiladi.

O‘zingizning sevimli narsalaringizni keraksiz dazmollashdan saqlash uchun «Burmasiz» funksiyasini yoqish kifoya, u bug‘ texnologiyasi tufayli yuvish paytida burmalar sonini 30 foizgacha kamaytirishga yordam beradi. Shundan so‘ng siz narsalarni yumshoq qilib quritib, olib qo‘yishingiz mumkin.

Quritish

Kiyimlarni bir chetga olib qo‘yishdan oldin ularni yaxshilab quritish juda muhimdir. Odatda, uy bekalari shkafni tekshirish, qishki kiyimlarni yuvish, quritish va olib qo‘yish uchun bir yoki ikki kun vaqt ajratadi. LG DUAL Inverter Heat Pump quritish mashinasi bu jarayonni tezlashtirishga yordam beradi va uyingizga buklama quritish moslamalarini joylashtirib chiqish muammosidan xalos qiladi. DUAL Inverter issiqlik nasosi tufayli quritish harorati 27 foizga pasaytirildi, ya'ni endi narsalarni 75 darajada emas, balki 55 darajada quritish mumkin. Bu junli va boshqa nozik matolar uchun juda yaxshidir. Endilikda, quriganidan so‘ng sevimli kardiganingiz kichrayib ketmasligi aniq. Yana bir muhim jihat - hamma narsalarni mashina bilan birga keladigan maxsus javonda buklab quritish mumkin va ular cho‘zilib ketmaydi.

Quritish jarayoni ancha o‘zgardi va shu bilan birga, samaraliroq bo‘ldi: yangi Allergy Care texnologiyasi allergiya va nafas olish yo‘llari kasalliklarining sababchisi bo‘lgan chang tarkibidagi hasharotlar (kleshch)ni 99,9 foizga yo‘q qiladi.

Qishki kiyimlaringiz yuvilib, qayta ishlanib, yaxshilab quritilganmi? Endi uni maxsus xaltalarda saqlash va alohida shkafga olib qo‘yish mumkin. Barcha junli kiyimlarni javonlarda o‘rab qo‘yilgan holda saqlash lozim, qalin shimlar, ko‘ylaklar, qishki pidjaklarni esa - ilgaklarda.

Ma'lumot uchun, allergenlarning 99,9 foizgacha yo‘q bo‘lishi Britaniya Allergiya bilan kurash assotsiatsiyasi (BAF) tomonidan tasdiqlangan.

Intertek tomonidan 2018 yil dekabr oyida AATCC standarti asosida sinov o‘tkazilgan. Unda paxtadan ishlab chiqarilgan kiyim «Burmalarni yo‘qotish» opsiyasi bilan sinab ko‘rildi (3 xil ko‘ylak), so‘ng bu shunday kiyimni tegishli opsiyasiz yuvish sikli bilan taqqoslandi. Natijalar kiyim xususiyatlari va atrof-muhit sharoitiga qarab farq qilishi mumkin. «Burmalarni tekislash» qo‘shimcha funksiyasi 6 a yuvish rejimida mavjud.

Reklama huquqi asosida

Top