12:24 / 29.04.2021
6016

Samarqandda Qozog‘istonning Bosh konsulxonasi binosi ochildi

Konsullik binosi Samarqand shahri Yalangto‘sh Bahodur 52-A uy manzilida joylashgan.

Foto: Baxtiyor Mustanov

Tadbirning ochilish marosimida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxon Sotiboldi, Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va boshqalar ishtirok etishdi.

Qozog‘iston elchisi hamda Samarqand viloyat hokimi tabrik so‘zi bilan chiqish qilishgach, ramziy lenta qirqildi va konsullik binosi ochildi.

Avvalroq 7 mart kuni Samarqandda Turkiya bosh konsulxonasi binosi ham ochilgan edi.

Top