21:40 / 29.04.2021
3954

Tailandda mamlakatga keluvchilar uchun yana 14 kunlik majburiy karantin kiritildi

Tailand mamlakatga keluvchilar uchun yana 14 kunlik majburiy karantinga qaytdi. 1 maydan boshlab mamlakatga keluvchilar emlangani yoki yo‘qligidan qat'i nazar, 2 haftalik karantindan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Foto: Diego Azubel / EPA / TASS

Ushbu cheklov mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘payayotgani bilan bog‘liq holda kiritildi.

Avvalroq majburiy karantin emlanganlar uchun 7 kungacha va qolganlar uchun 10 kungacha qisqartirilgandi.

 Butun mamlakat bo‘ylab himoya niqoblarini taqish majburiyati saqlanib qoladi. Tailand koronavirus tarqalishini nazorat qilish markazi matbuot kotibi Tavisin Visanuyotxinning ta'kidlashicha, zaruratsiz holatlarda safarlarni amalga oshirishdan tiyilish lozim. «Bu komendantlik soati emas. Biz hamkorlik qilish haqida iltimos qilmoqdamiz», deb qo‘shimcha qilgan u.        

 29 aprelda Tailandda 1871ta yangi kasallanish holati qayd etilgan, 10 kishi virusdan vafot etgan.

 

Mavzuga oid
Top