20:14 / 29.04.2021
9577
Tojik-qirg‘iz chegarasidagi to‘qnashuvlar oqibatida jarohatlanganlar soni 60 nafardan oshdi

Har ikki tomondan jami 62 kishi jarohatlangan, 5 kishi vafot etgan.

Foto: Asia-Plus

Tojik-qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida Tojikiston tomondan jarohatlanganlar soni 31 nafarga yetdi. Bu haqda «Aziya-Plyus» xabar bermoqda.

 Isfara shahri meri ma'muriyatida ishlaydigan manbaning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlarning uch nafari vafot etgan.

Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalarining ma'lumot berishicha, mojaro oqibatida Qirg‘iziston tomondan ham 31 kishi jarohatlangan, 2 kishi vafot etgan.

Ma'lumot uchun, bugun, 29 aprel kuni Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida otishma kuzatilmoqda.

Avvalroq Qirg‘iziston harbiylari Tojikiston chegara zastavasini egallab olgani xabar qilindi.

Mavzu
Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida otishma ro‘y berdi. Tomonlar nizoda yana bir-birlarini ayblashmoqda.
Barchasi
Top