15:04 / 29.04.2021
11695

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Foto: Toshkent shahar hokimiyati axborot xizmati

Faxriddin Davrukov Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – shahar Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. 

Ushbu lavozimni bugunga qadar O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Faxriddin Davrukov egalladi.

Prezidentning aprel oyi boshidagi qarori bilan Faxriddin Davrukov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. O‘shanda u boshqa ishga o‘tishi ma'lum qilingandi. 

Top