10:18 / 29.04.2021
2110
Vaksinatsiya: O‘zbekistonda bir kunda 50 mingga yaqin kishi emlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina qabul qilganlar soni 650 mingga yaqinlashgani haqida xabar berdi.

«28 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab jami 46 317 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlandi. 

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 646 696 nafarga yetdi», deyiladi vazirlik xabarida. 

28 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (7446 nafar),
  • Andijon viloyati (4986 nafar),
  • Toshkent viloyati (4532 nafar),
  • Namangan viloyati (4415 nafar),
  • Surxondaryo viloyati (4138 nafar) band qildi. 

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 88320 nafar, 
  • Namangan viloyatida 66690 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 63784 nafar,
  • Andijon viloyatida 63012 nafarni tashkil qilmoqda. 

27 aprel kuni maktab va bog‘cha xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni ham koronavirusga qarshi emlash boshlangandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasidan 660 ming doza, o‘zbek-xitoy vaksinasidan 1 mln doza olib kelingan va 1 aprel kuni shu vaksinalar bilan aholini emlash jarayoni boshlangandi. Shu kungacha 570 mingga yaqin kishi vaksina qabul qilgan.

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasidan 100 ming doza va o‘zbek-xitoy vaksinasidan 1 mln doza olib kelindi. Shuningdek, AstraZeneca vaksinasining ham yangi partiyasini keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top