16:59 / 29.04.2021
7313

Xitoyning qator shaharlarida koronavirusning "hindcha" shtammi aniqlandi

Ta'kidlanishicha, koronavirus mutatsiyalari paydo bo‘lishiga qaramasdan, Xitoy hukumati bu shtammlar tarqalishining oldini olishga qodir.

Foto: Xinhua

Xitoy sog‘liqni saqlash organlari mamlakatning qator shaharlarida koronavirusning "hindcha" shtammini qayd etdi. Bu haqda Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi bosh epidemiologi U Tszunyuga tayanib CGTN telekanali xabar berdi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus mutatsiyalari paydo bo‘lishiga qaramasdan, Xitoy hukumati bu shtammlar tarqalishining oldini olishga qodir.

Mahalliy OAVning yozishicha, 28 aprel holatiga Xitoyda aholi 243,9 mln doza vaksina bilan emlangan. 

Mamlakat hukumati iyun oxiriga qadar aholining 40 foizini emlashni rejalashtirgan.

Top