12:32 / 30.04.2021
2099

Cirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Cirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib Shohrux Isoqulov tayinlandi.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Shohrux Isoqulov 1991 yilda tavallud topgan. 2011 yil Amerika Qo‘shma Shtatlari Kanzas shtati “Nyuman" universiteti (Newman University), 2014 yil Amerika Qo‘shma Shtatlari Kanzas shtati «Frends» universiteti (Friends University)ni tamomlagan.

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bundan oldin, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining prezident videoselektorida ishdan olingan birinchi o‘rinbosarlari o‘rniga yangilari tayinlangani xabar berilgandi.

Top