07:56 / 30.04.2021
4782
Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sa'dulla Mirzayev Navoiy viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Sa'dulla Mirzayev shu davrgacha Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasining magistri. 

U ish faoliyatini Nurota tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta'lim maktabi  o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodchi, moliyachi.

Bundan oldin, Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlangandi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimiga tayinlangan yangi o‘rinbosar haqida xabar berildi

Top