12:28 / 30.04.2021
4090
«O‘zbekinvest»: endi qog‘oz polislarni olib yurish shart emas

«O‘zbekinvest» mutaxassislari navbatdagi podkastida joriy yil 1 aprelidan amalga kiritilgan elektron polislar qanday ishlashini tushuntirib berishdi.

O‘zbekinvest sug‘urta kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan «Sug‘urtada duv-duv gap» podkastida kompaniya mutaxassislari Iroda Arifxodjayeva va Abdulaziz Hasanov transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi direktori Latif Zokirov bilan birgalikda elektron sug‘urta polislari (Ye-polis) haqida suhbat qurishdi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrda qabul qilingan «Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi 780-sonli qaroriga muvofiq, hamda sug‘urta faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 1 aprelidan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta polislari elektron shakli joriy qilindi va sotuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ye-polis o‘zi nima?

Ye-polis sug‘urta kompaniyasi va jismoniy yoki yuridik shaxs o‘rtasida tuziluvchi elektron shakldagi sug‘urta shartnomasi va qog‘oz shaklidagi sug‘urta shartnomasiga (polisiga) tenglashtiriladi.

Ye-polis va odatiy qog‘oz polislari narxi, shartlari, amal qilish muddati va polis bo‘yicha to‘lab beriladigan sug‘urta qoplamalari bir xil. Ular orasidagi farq faqatgina ularning shaklida.

Ye-polis qanday rasmiylashtiriladi?

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash Ye-polisini rasmiylashtirish uchun sug‘urta kompaniyalarining rasmiy veb-saytiga o‘tish kifoya. «O‘zbekinvest» kompaniyasining www.insurance.uz internet do‘koni yoki mobil ilovasi orqali 3 daqiqada elektron polisni rasmiylashtirish mumkin:

1. «O‘zbekinvest»ning internet do‘koniga kiring yoki mobil ilovasini yuklab oling;

2. TVEFJMS (majburiy avtosug‘urta)ni tanlang va telefon raqamingizni kiritib, ro‘yxatdan o‘ting;

3. Keyingi sahifada haydovchilar soni, fuqaroligingiz, sug‘urta polisi davri, polis kuchga kirish sanasi va chegirmalar to‘g‘risida ma'lumotlarni tanlang va kiriting;

4. Transport vositasidan foydalanuvchi haydovchilarning pasport seriyasi va raqamini va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqamini kiriting va haydovchilar haqidagi ma'lumotlar Yagona axborot tizimidan avtomatik tarzda tortilib olinadi. Hech qanday hujjatlarni biriktirish kerak emas.

5. Ye-polis tayyor. Uni yuklab olish uchun onlayn to‘lov tizimlaridan biri orqali polis uchun to‘lovni amalga oshiring. Ye-polis shaxsiy kabinetda saqlanib qoladi va uni u yerdan istalgan qurilmaga yuklab olish, zarurat bo‘lsa chop etish ham mumkin.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari Ye-polisni qanday tekshirishadi?

YHXB xodimlari Ye-polislarni planshetlari orqali polisdagi maxsus raqamni kiritib haqiqiyligini tekshirishadi.

Ye-polis to‘satdan qurilmadan o‘chib ketsa-chi?

Rasmiylashtirilgan Ye-polis doimo shaxsiy kabinetingizda saqlanib turadi. Uni istalgan vaqt boshqa qurilmaga yuklab olishingiz mumkin.

Internet bo‘lmasa yoki onlayn xizmatlardan foydalanishni bilmaganlar endi nima qiladilar?

TVEFJMS odatiy qog‘oz sug‘urta polislari bekor qilinmagan. Qog‘oz polislarini «O‘zbekinvest» filiallarida, qo‘ng‘iroqlar markazi, hamda veb-saytida bepul yetkazib berish bilan rasmiylashtirishingiz mumkin.

Ye-polis bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotni «O‘zbekinvest»ning tun-u kunlik axborot markaziga qo‘ng‘iroq qilib bilib olishingiz mumkin: +99871 207 60 00

Ye-polisni rasmiylashtiring: insurance.uz/producs/e-osago

Batafsil ma'lumot: insurance.uz

«O‘zbekinvest» mobil ilovasi:

Reklama huquqi asosida

Top