12:46 / 30.04.2021
3027
Tanqiddan so‘ng: hazorasplik fermerlarning yerlari qaytarildi

Xorazm viloyati, Hazorasp tumanida qalbaki hujjatlar asosida yerlari olib qo‘yilgan fermerlarning ishi ijobiy hal bo‘ldi.

Foto: KUN.UZ

Tuman hokimligi ma'lumotiga ko‘ra, 2021 yil 22 apreldagi 746q-sonli qarorga asosan «Aziza Charosxon» fermer xo‘jaligiga, 747q-sonli qaror bilan «Javohir Mohinur Charos» fermer xo‘jaligiga, 748q-sonli qaror bilan «Sadoqat Sarvara» fermer xo‘jaligiga va 749q-sonli qaror bilan «Sherzod Aminboy Alisher Azizbek» fermer xo‘jaligiga yerlar qaytarib berildi.

Avvalroq, 4ta fermer xo‘jaligi yerlari soxta hujjatlar asosida hokimlik tomonidan zaxiraga qaytarilgani, bunda jinoyat sodir qilingani huquq-tartibot idoralari tomonidan tasdiqlangani, sud hokimlik qarorlarini bekor qilgan bo‘lsa-da, fermerlarning yerlari qaytarib berilmayotgani haqida tanqidiy maqola e'lon qilgan edik.

Top