12:06 / 30.04.2021
3345
Vaksinatsiya: O‘zbekistonda bir kunda 70 mingdan ortiq kishi emlandi, «Sputnik V»ni qo‘llash boshlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 70 ming nafardan ortiq kishi emlanib, kunlik vaksinatsiya rekordi yangilangani haqida xabar berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

«29 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab jami 71775 nafar kishi COVID-19'ga qarshi emlandi. Bu vaksinatsiya boshlangandan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 718 471 nafarga yetdi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

29 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (16 838 nafar),
  • Andijon viloyati (9230 nafar),
  • Namangan viloyati (8787 nafar),
  • Samarqand viloyati (5801 nafar),
  • Jizzax viloyati (5113 nafar) band qildi. 

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 105 158 nafar; 
  • Namangan viloyatida 75 477 nafar; 
  • Andijon viloyatida 72 242 nafar;
  • Samarqand viloyatida 69585 nafar.

SSV aholi xavf osti guruhlari koronavirusga qarshi emlash ko‘rsatkichlarining 30 aprelgacha bo‘lgan holatini keltirgan.

  • 65 yosh va undan katta fuqarolar — 343 532 nafar;
  • tibbiyot xodimlari — 262 570 nafar;
  • maktab o‘qituvchilari — 71 443 nafar;
  • maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari — 22 876 nafar;
  • surunkali kasalligi bor fuqarolar — 18 050 nafar.

Shu kungacha vaksina qabul qilgan fuqarolarning 323 772 nafari AstraZeneca, 391 478 nafari ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan. Shuningdek, yaqinda mamlakatga olib kelingan «Sputnik V» (rasmiy nomi «Gam-KOVID-Vak») vaksinasi bilan 3221 nafar 65 yoshdan oshgan fuqaro emlangan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top