21:04 / 01.05.2021
2953

Andijon tumanida zaxiraga jamg‘arilgan kartoshka talon-toroj qilingani aniqlandi

Andijon tumani zaxirasiga xarid qilingan 646,6 mln so‘mlik 149 tonna kartoshka sotib yuborilib, sotuvdan tushgan pullar talon-toroj qilingan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan “Agrobank” ATB Andijon viloyati filiali va Andijon tuman hokimligining murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “Kuygan-yor dehqon bozori” MChJ rahbari U.X. va boshqalar qish-bahor mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish maqsadida “Agrobank” ATB Andijon filiali tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobidan xarid qilingan 646,6 mln so‘mlik 149 tonna kartoshkani sotib yuborib, sotuvdan tushgan pullarni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buloqboshi tumani soliq bosh inspektori firibgarlik jinoyati ustida ushlangan edi.

Mavzuga oid
Top