16:12 / 01.05.2021
1865
Toshkent shahrida 16,5 mlrd so‘m budjet mablag‘lari sarflanishida qoida buzilish holati aniqlangan

2021 yil 1-chorakda budjet mablag‘larini sarflashda Toshkent shahrida 16,5 mlrd so‘mlik qoida buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yil 1-chorakda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma'lumotda aytilishicha (), Toshkentda 16,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishida qonun buzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklarga aniqlangan.

Mahalliy budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd so‘m miqdorida, jumladan, Sirdaryo (40,2 mlrd so‘m), Jizzax (23 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd so‘m), Toshkent (12,1 mlrd so‘m), Qashqadaryo (11,4 mlrd so‘m), Surxondaryo (8,9 mlrd so‘m), Farg‘ona (8,1 mlrd so‘m), Samarqand (7,9 mlrd so‘m), Xorazm (6,4 mlrd so‘m), Buxoro (6 mlrd so‘m), Namangan (5,2 mlrd so‘m), Navoiy (1,4 mlrd so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,5 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,9 mlrd so‘m) qonunbuzilish holatlari qayd etilgan.

Top