09:00 / 02.05.2021
2869
Alfraganus: «Biz poytaxt tijorat ko‘chmas mulk bozoridagi eng foydali takliflardan birini taqdim qilmoqdamiz»

Bizning Uylar Development kompaniyasi investorlarga 10 oy ichida daromad olishni boshlaydigan, tayyor ijarachilari mavjud, chegirmalar va qulay shartlari bilan muddatli to‘lov asosida keng savdo maydonlarini taklif etadi.

Alfraganus – bu Markaziy Osiyodagi eng yirik va keng ko‘lamli ochiq havodagi ko‘ngilochar va savdo majmuasi. 110 000 kvadrat metrdan ortiq maydonda 32 dan 3,244 kvadrat metrgacha bo‘lgan 507 ta tijorat binolarini o‘z ichiga olgan 18 dona bir va ikki qavatli binolar bunyod etiladi. Bu yerda tadbirkorlar umumiy ovqatlanish nuqtalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, kiyim-kechak yoki poyabzal do‘konlari, go‘zallik salonlari, sport majmualari, dorixonalar, maishiy texnika hamda aksessuarlar do‘konlari va boshqa ko‘p turdagi biznes faoliyatni olib borishlari mumkin.

Ijaraga berish uchun bino xarid qiladigan sarmoyadorlarga tayyor ijarachilari mavjud binolar taklif etiladi. Ular orasida Avtech, Tommy Jeans, Calvin Klein, Ramiz Kofte, Senor & Senorita, RedTag, Texnomart, Cacharel va boshqa ijarachilar bor. Savdo majmuasi joylashgan manzil loyihaning inkor etib bo‘lmaydigan yana bir afzalligi. Maskan Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasida «UzBum» ko‘prigidan chiqqandan keyin o‘ng tomonda joylashgan. Bu yerda aholi zich joylashganini hisobga olsak majmuaga tashrif buyuruvchilarning doimiy trafigi ta'minlanib, ularning soni haftasiga 210 ming kishiga yetadi. Joy egalari uchun yana bir afzallik – xarid qilingan savdo maydonini ikki barobarga kengaytirish mumkin. Majmua savdo joylarining shift balandligi 6 metrga yetadi. Bu esa binoni ikki darajali qilish va foydali maydonni yanada kengaytirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Alfraganus hududidagi binolar tashqi bezagida vitrina oyna va turli pardozlash materiallardan foydalanib 14 turdagi fasad dizayni amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich savdolarini o‘z ichiga olgan 262 ta savdo maydoni binolari 2022 yil mart oyida foydalanishga topshiriladi. Demak, dastlabki investorlarning sarmoyalari 10 oydan so‘ng daromad bera boshlaydi.

Kompaniya 15 mayga qadar 25% gacha chegirmalar, shuningdek, muddatli to‘lov uchun qulay variantlarni taqdim etadi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44

Sotuv ofisi manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, 30-uy

Mo‘ljal: «UzBum», China Town restorani

Sotuv ofisi har kuni 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Sayt: alfraganus.com

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Reklama huquqi asosida

Top