01:09 / 02.05.2021
8628
Eron mamlakat neft va bank sohasiga kiritilgan sanksiyalar olib tashlanishini ma'lum qildi
Foto: Getty Images

Shanba kuni Eron va xalqaro «beshlik» (Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy va Fransiya) komissiyasi Venada bo‘lib o‘tgan navbatdagi maslahatlashuvlar natijasini ko‘rib chiqdi.

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Aragchi yadroviy kelishuv bo‘yicha qo‘shma komissiya a'zolari uchrashuvi yakuniga ko‘ra, tomonlar Eronning ayrim fuqarolari hamda mamlakat neft va bank sohalariga nisbatan kiritilgan sanksiyalar olib tashlanishiga kelishishganini ma'lum qildi. Bu haqda Fars agentligi xabar bermoqda.

«Individual hamda energetika, moliya va bank sohalariga nisbatan kiritilgan sohaviy sanksiyalar hozircha erishilgan kelishuvlarga asosan olib tashlanishi lozim», — dedi Aragchi.

Uning aniqlik kiritishicha, bu masala bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Shanba kuni Eron va xalqaro «beshlik» (Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy va Fransiya) komissiyasi Venada bo‘lib o‘tgan navbatdagi maslahatlashuvlar natijasini ko‘rib chiqdi.

Venada aprel boshidan buyon yadroviy kelishuvni tiklash bo‘yicha qo‘shma komissiya muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Navbatdagi maslahatlashuv 7 may kuni o‘tkaziladi.

Top