10:27 / 02.05.2021
30796

Koronavirus: O‘zbekistonda yana ikki kishi kasallik qurboni bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda yana 400ga yaqin kasallanish holati qayd etilgani, Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyatlarida yangi holatlar qayd etilishi yuqoriligicha qolayotgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 91643 (+393) nafarni tashkil etmoqda, deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 72 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 46 nafari Toshkent viloyatida,
  • 216 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Jizzax viloyatida 19 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Navoiy viloyatida 5 nafar,
  • Namangan viloyatida 8 nafar,
  • Samarqand viloyatida 64 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 11 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 17 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 44 nafar,
  • Toshkent shahrida 128 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 87628 (+315) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 652 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3363 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top