01:57 / 02.05.2021
10082
La Liga. Militao va Kazemironing gollari «Real»ga g‘alaba keltirdi
Foto: Marca

Ispaniya chempionatining 34-turida   «Real» o‘z maydonida «Osasuna»ni  qabul qilib, ikkinchi bo‘limda Militao va Kazemiro tomonidan kiritiogan to‘plar evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

«Real» ochkolarini 74taga yetkazib, peshqadam «Atletiko»ni (76) quvishda davom etmoqda. 40 ochkoga ega «Osasuna» 11-pog‘onani egallab turibdi. 

La Liga, 34-tur

Real — Osasuna 2:0
1 may, «Alfredo Di Stefano»
Gollar: Militao (76), Kazemiro (80).
Real – Kurtua, Odriosola, Militao, Marselo (Migel Guterres, 64), Varan (Nacho, 46), Asensio (Arribas, 83), Kazemiro, Vinisius Junior (Rodrigo, 64), Antonio Blanko, Azar (Isko, 72), Benzema. 
Osasuna – Errera, Vidal, Sanches, Aridane, David Garsiya, Torro (Xoni Rodriges, 84), Monkayola, Roberto Torres (Barxa, 81), Ruben Garsiya (Adrian, 81), Chimi Avila (Budimir, 64), Martines (Brashanats, 64).
Ogohlantirishlar: Martines (54), Oyyer Sanxurxo (55).

Top