15:37 / 03.05.2021
6765

Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston elchixonasiga tashrif buyurdi

2021 yilning 3 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘izistonning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazir Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida yuz bergan fojiali voqealar yuzasidan chuqur chuqur hamdardlik bildirgan.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, Abdulaziz Komilov elchixonadagi ta'ziya kitobiga tegishli qaydni kiritgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ikki davlat chegarasida yuz bergan 4 kunlik to‘qnashuvlar davomida Qirg‘izistonning 34 fuqarosi halok bo‘lgan, 178 fuqarosi jarohat olgan. Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, barcha halok bo‘lganlar o‘qotar quroldan o‘ldirilgan.

Shuningdek, ixtilof davomida Qirg‘izistonning Botken va Laylak tumanlaridagi 100dan ko‘proq obektga, jumladan, 78ta uyga, 10ta AYoQShga, 2ta maktabga zarar yetgan.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Tojikiston tomonidan ixtilof vaqtida 10 nafargacha fuqaro halok bo‘lgan, 90dan ko‘prog‘i jarohat olgan.

Mavzuga oid
Top