07:51 / 03.05.2021
2497
Bugun O‘zbekistonning barcha hududida havo kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda 
Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonning barcha hududida havo kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 30-35 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 30-32 daraja issiqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Top