22:32 / 03.05.2021
4850

Daniya Johnson & Johnson vaksinasini qo‘llashdan voz kechdi

Foto: Reuters

Daniya sog‘liqni saqlash boshqarmasi Johnson & Johnson kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini qo‘llashdan voz kechdi.

Daniya sog‘liqni saqlash vaziri Magnus Xeunikening ta'kidlashicha, bu qaror vaksina emlanganlarda «noodatiy» tromblar hosil qilishi bilan bog‘langan. 

Daniyaga yetkaziladigan jami koronavirusga qarshi vaksinalarning uchdan bir qismiga to‘g‘ri kelgan J&J vaksinasi emlash dasturidan chiqarilishi mamlakatda emlash jarayoniga sezilarli ta'sir qilishi mumkin.

Avvalroq Yevropaning boshqa davlatlarida ham J&J vaksinasi qo‘llanishi yuqoridagi sababga ko‘ra to‘xtatilgandi.

Mavzuga oid
Top